Sarr: "Chelsi"ga qaytish men uchun juda oson kechdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

"Chelsi" himoyachisi Mamadu Sarr London klubiga qaytgani haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 20 yoshli senegallik futbolchi mavsumning birinchi yarmini ijara asosida Frantsiyaning "Strasburg" jamoasida o'tkazgan edi.
"Bu erda ekanligimdan juda xursandman. Qaytish oson kechdi, chunki men yigitlarni va hammani taniyman, shuning uchun hech qanday muammo bo'lmadi. Bu erda ajoyib futbolchilar yig'ilgan. Jamoada bo'lish men uchun juda yoqimli va hayajonli", — deya Sarrning so'zlarini keltiradi "ko'klar" matbuot xizmati.
Qaytganidan so'ng Sarr Angliya Kubogi doirasida bitta o'yinda ishtirok etdi.
Shanba kuni, 21 fevral kuni "Chelsi" Premer-liganing 27-turi doirasida o'z maydonida "Byornli"ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267