Pavlovichning jarohat tafsilotlari va tiklanish muddati ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1558

Italiya matbuotida Straxinya Pavlovichning jarohati haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. "Milan" himoyachisi "Komo"ga qarshi o'yinda raqibning qo'polligidan so'ng jarohat olgan edi.
"MilanNews" xabariga ko'ra, chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan so'ng serbiyalik futbolchida yumshoq to'qimalarning keng gematomasi hamda kichik boldir suyagining shish holati aniqlangan.
Pavlovich allaqachon tiklanish terapiyasi kursini o'tab bo'ldi. Katta ehtimol bilan, u 1 mart kuni "Kremoneze"ga qarshi kechadigan bahsda maydonga tusha oladi.
Joriy mavsumda 24 yoshli himoyachi 25 ta uchrashuvda ishtirok etib, o'z hisobiga 2 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274