"Bavariya" futbolchisi Karl kelajak haqida qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 531

"Bavariya"ning 17 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Lennart Karl myunxenliklar bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, bu 22 fevral kuni, Karl 18 yoshga to'lganida sodir bo'ladi. Ta'kidlanishicha, Karl "Liverpul", "Arsenal", "Manchester Siti", "Real" va "PSJ"dan qiziqish bo'layotganiga qaramay, "Bavariya"ni tark etishni istamayapti va kelajakda jamoaning asosiy o'yinchisiga aylanmoqchi.
Joriy mavsumda "Bavariya" tarbiyalanuvchisi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Karlning nemis grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil iyun oyida tugaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213