"Aston Villa" qaysi holatda Eliotni "Liverpul"dan sotib olishga majbur bo'lishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 510

Yarim himoyachi Xarvi Elliot "Liverpul"dan "Aston Villa"ga doimiy asosda o'tishi mumkin.
Sky Sports News nashrining ta'kidlashicha, futbolchining ijara shartnomasida majburiy sotib olish imkoniyati ko'rsatilgan, ammo u yarim himoyachi Premer-ligada o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha belgilangan chegaraviy ko'rsatkichga etgan taqdirdagina ishga tushadi.
Eslatib o'tamiz, "Aston Villa" Eliotni o'tgan yozda "Liverpul"dan ijaraga olgan edi. O'shandan beri 22 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlar bilan hisoblaganda faqat to'qqizta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Elliotning narxi 30 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298