"Atletiko" yangi hujumchini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 432

"Strasburg" markaziy hujumchisi Xoakin Panichelli "Atletiko"ning asosiy transfer nishoniga aylandi. Bu haqda jurnalist Ekrem Qonur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, frantsuz klubi o'z forvardining narxini 50 million evroga baholamoqda. Ta'kidlanishicha, "matraschilar" Panichellining transferi ustida ish olib bormoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli argentinalik futbolchi barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 31ta o'yin o'tkazib, 14ta gol urdi va 4ta assistga mualliflik qildi.
Panichellining "Strasburg" bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari hujumchining narxini 25 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281