Robbi Kin APL klubini boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 557

Vengriyaning "Ferentsvarosh" klubi bosh murabbiyi Robbi Kin "Kristal Pelas"ning yangi ustozi bo'lishi mumkin. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Robbi Kin "burgutlar" bosh murabbiyligiga da'vogarlardan biri bo'lib, Oliver Glasnerni mavsum yakunlanishini kutmasdan iste'foga chiqarishi mumkin.
Oliver Glasner 2024 yilning fevralidan beri "Kristal Pelas"da ishlab kelmoqda. U kelasi yozda shartnomasi yakunlanishi munosabati bilan klubni tark etishi kutilmoqda.
O'tkazilgan 26 turdan so'ng poytaxt jamoasi Angliya premer-ligasi turnir jadvalida 32 ochko jamg'argan holda 13-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286