Tudor: "Tottenxem" jasorat ko'rsatishi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

"Tottenxem" bosh murabbiyi Igor Tudor "Arsenal" bilan bo'lib o'tadigan London derbisi haqida fikr bildirdi. Xorvatiyalik mutaxassis uchun bu o'yin "shporlar" boshqaruvidagi debyut o'yin bo'ladi.
"Biz jasorat ko'rsatishimiz, ishonch bildirishimiz kerak. Bizda yaxshi futbolchilar bor, lekin ularda ham yaxshi futbolchilar bor. Ko'ramiz, nima bo'larkin. Kamtar bo'lish kerak, lekin jasur va aqlli bo'lish kerak. Maydonda hamma narsani to'g'ri bajarish zarur", - deya Tudorning so'zlarini keltiradi The Spurs Express.
Futbol bo'yicha Angliya Premer Ligasining 27-turidan o'rin olgan "Tottenxem" - "Arsenal" bahsi 22 fevral, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298