Entso Fernandes "Chelsi"ga bosim o'tkazmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 488

Londonning "Chelsi" klubi sharafini himoya qilayotgan argentinalik xavbek Entso Fernandes "nafaqaxo'rlar" bilan yangi mehnat shartnomasini imzolamoqchi. Bu haqda The Athletic jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, yarim himoyachi "Real"ning qiziqishlaridan foydalanib, Londonda pul jihatidan foydaliroq shartnomaga ega bo'lmoqchi. Entso va "Chelsi" o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2032 yilning yozida yakuniga etadi.
Argentinalik futbolchining transfer narxi 85 million evroni tashkil etadi. Joriy mavsumda Fernandes 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287