Gvardiola FIFA va UEFAga murojaat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'yinlar taqvimi juda tig'izligidan yana shikoyat qildi.
"FIFA va UEFAdan so'rayotganim - o'yinlar orasidagi 4 kun, 72 soat. Jadvalni xohlaganingizdek tuzing, lekin shanba va seshanba yoki yakshanba va chorshanba kunlari o'ynaydigan qilib emas. O'yinlar qiziqarliroq bo'ladi, jarohatlar kamayadi, klublar barqaror rivojlanadi, futbolchilar baxtliroq bo'ladi. To'rt-besh oy davom etadigan jarohatlar yo'q. Ammo buni amalga oshirish juda qiyinligini tushunaman", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi City Report.
Angliya premer-ligasining 27-turida "Manchester Siti" o'z maydonida "Nyukasl"ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258