«Portu» Prestiannining Vinisiusga nisbatan irqchilik qilgani yuzasidan rasmiy shikoyat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 639

«Portu» klubi «Benfika» vingeri Janluka Prestiannining «Real» futbolchisi Vinisiusga nisbatan ishlatgan irqchilik harakati yuzasidan Portugaliya futbol federatsiyasi va mamlakat chempionati rahbariyatiga rasmiy xat yo'llashga qaror qildi.
Klub bunday holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lishni talab qildi va kelgusida bunday holatlarning oldini olish choralari haqida so'radi.
Shuningdek, ligadan irqchilikka qarshi kurashda klublarning pozitsiyasini taqdim etish, Portugaliya futbol federatsiyasidan esa o'z vakolati va imkoniyatlari doirasida UEFAga tergov jarayonida yordam berish so'ralgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229