«Bavariya»da ijarada yurgan Jeksonga APLning to'rtta klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 411

«Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson faoliyatini boshqa bir ingliz klubida davom ettirishi mumkin. Hozirda u ijara asosida Myunxenning «Bavariya» jamoasida to'p surmoqda.
Teamtalk jurnalistlarining ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli futbolchini sotib olishga «Tottenxem», «Manchester Yunayted», «Aston Villa» va «Nyukasl» klublari qiziqish bildirmoqda. Jeksonning bozor qiymati 45 million evroga baholanmoqda. Nikolasning «ko'klar» bilan mehnat shartnomasi 2033 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda hujumchi 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga beshta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226