«Atletiko» argentinalik hujumchi transferi ustida ish boshlab yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 351

«Strasburg» klubining markaziy hujumchisi Xoakin Panichelli Madridning «Atletiko» jamoasi uchun asosiy transfer maqsadiga aylandi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Frantsiya klubi o'z hujumchisining transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda. Ta'kidlanishicha, «matraschilar» allaqachon Panichelli transferini amalga oshirish bo'yicha dastlabki ishlarni olib borishmoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda jami 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Panichellining «Strasburg» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari ayni damda hujumchining bozor qiymatini 25 million evro etib belgilashgan.

Bosh sahifaga
225