«Atletiko» va «Barselona» Mendi transferi bo'yicha raqobatlashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421

«Rayo Valekano» markaziy himoyachisi Nobel Mendi faoliyatini Ispaniyaning top-klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma'lumot bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Madridning «Atletiko» va Kataloniyaning «Barselona» klublari 21 yoshli senegallik futbolchini istiqbolli kadr sifatida o'z saflariga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda Mendi Ispaniya chempionati doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ydi. Ta'kidlash joizki, ayni damda himoyachi huquqiy jihatdan «Betis» klubiga tegishli bo'lib, «Rayo Valekano» safida ijara asosida to'p surmoqda. Biroq, shu yozda u doimiy asosda Madrid klubi («Rayo Valekano») a'zosiga aylanadi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Mendining bozor qiymati 6 million evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
271