«Barselona» prezidentligiga nomzod Keynni klubga olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 575

Kataloniyaning «Barselona» klubi tarixan ingliz futbolchilari bilan unchalik yaqin hamkorlik qilmagan bo'lsa-da, hozirda vaziyat o'zgarmoqda — jamoa safida allaqachon Markus Reshford to'p tepmoqda, kelajakda esa uning sherigi Xarri Keyn bo'lishi mumkin. Klub prezidentligiga nomzod Xaver Vilyaoananing ta'kidlashicha, u saylovlarda g'alaba qozongan taqdirda ingliz hujumchisini jamoaga taklif etish niyatida.
«Biz uning atrofidagi insonlar bilan aloqada bo'lib turibmiz. Professional tarzda ishlash kerak. Keyn — jarima maydonchasi ichidagi haqiqiy «qotil» (killer). «Barselona»ga aynan shunday futbolchi kerak», — deya Vilyaoananing so'zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.
Qayd etish joizki, 2022 yilda Robert Levandovski ham aynan «Bavariya»dan «Barselona»ga ko'chib o'tgan edi.

Bosh sahifaga
249