Fabritsio Romano: Zinedin Zidan va Frantsiya futbol federatsiyasi o'zaro kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 443

Zinedin Zidan Frantsiya milliy terma jamoasida Dide Deshamning o'rinbosariga aylanadi. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 53 yoshli mutaxassis Frantsiya futbol federatsiyasi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi bo'lajak jahon chempionati yakunlanishi bilanoq «uch ranglilar» boshqaruvini o'z qo'liga oladi. Shu tariqa, Zidan besh yillik tanaffusdan so'ng yana murabbiylik faoliyatiga qaytmoqda.
Dide Desham 2012 yilning yozidan buyon Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda. Ta'kidlash joizki, 2026 yilgi mundialning guruh bosqichida frantsuzarga Senegal va Norvegiya terma jamoalari raqiblik qiladi, uchinchi raqib esa o'tish o'yinlari natijasiga ko'ra aniqlanadi. Jahon chempionati shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
273