Luis Enrike Dembelening jarohati va uning holati haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46

«Pari Sen-Jermen» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Usmon Dembelening jarohati borasida o'z fikrlarini bildirdi.
28 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi doirasida «Monako»ga qarshi kechgan so'nggi uchrashuvda shikastlanib, bahsning 27-daqiqasidayoq almashtirilgan edi. Taxminlarga ko'ra, «Oltin to'p» sohibi Frantsiya Ligi 1 doirasida shanba kuni «Mets»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinni o'tkazib yuboradi.
«Dembele jarohat olgan. Biz o'z futbolchilarimizni juda yaxshi bilamiz. Bizning yondashuvimiz oddiy — hech qachon hech kimning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaymiz va har bir o'yinchiga imkon qadar g'amxo'rlik qilishga harakat qilamiz. Biroq jarohatlar bunday yuqori darajadagi futbolning ajralmas qismidir», — deya ta'kidladi Enrike matbuot anjumanida.
«PSJ» – «Mets» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:05 da boshlanadi.

Bosh sahifaga
259