Fabritsio Romano: «Kristal Pelas» va Oliver Glasner o'rtasidagi muzokaralar yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5299

«Kristal Pelas» klubi bosh murabbiy Oliver Glasnerni iste'foga chiqarish niyatida emas. Avvalroq, jamoaning so'nggi 15 ta uchrashuvda bor-yo'g'i bitta g'alaba qayd etgani fonida, klub rahbariyati mutaxassisni lavozimidan ozod etish imkoniyatlarini ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, bugun bo'lib o'tgan muzokaralardan so'ng «Pelas» rahbariyati Glasner bilan hamkorlikni joriy mavsum yakuniga qadar davom ettirish niyatida ekanligini ma'lum qilgan. Shu bilan birga, murabbiyning muddatidan avval ketishi ham istisno etilmaydi — barchasi yuzaga keladigan vaziyat va qayd etiladigan natijalarga bog'liq bo'ladi.
Ta'kidlash joizki, shu yilning yanvar oyidayoq Glasnerning mavsum yakunlangach klubni tark etishi ma'lum bo'lgan edi.

Bosh sahifaga
269