«Bavariya» «Tottenxem» va «Chelsi» qiziqayotgan futbolchisini sotishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachi Kim Min Chjening transferi borasidagi o'z pozitsiyasini aniqlab oldi. Bu haqda insayder Kristian Falk xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Myunxen klubi rahbariyati futbolchini sotishga tayyor. Avvalroq, Kim Min Chjening xizmatlariga Londonning «Tottenxem» va «Chelsi» jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda janubiy koreyalik himoyachi «Bavariya» safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda futbolchi o'z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Transfermarkt portali Kim Min Chjening transfer qiymatini 25 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269