«Arsenal» sobiq vingeri: «Real» APLda turnir jadvalining o'rta pog'onalarida bo'lar edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1736

«Arsenal» klubining sobiq vingeri Teo Uolkott Madridning «Real» jamoasi Angliya Premer-ligasida ishtirok etgan taqdirda, turnir jadvalining o'rta pog'onalaridan joy olishi mumkinligi haqidagi fikrini bildirdi.
«Mening fikrimcha, ular «Kristal Pelas», «Lids» kabi jamoalar maydonida yoki «Sent-Jeyms Park» stadionidagi safar o'yinlarida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan bo'lardilar. Shuningdek, ob-havo sharoiti ham o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmasdi.
Sakkizinchi o'rin. Bu fikr «Real»ning ko'plab muxlislariga manzur kelmasligi mumkin, biroq APLda taktik va jismoniy jihatdan yaxshiroq tayyorgarlikka ega jamoalar bor deb hisoblayman», — deya tabassum bilan ta'kidladi sobiq futbolchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258