«Liverpul» Konate o'rniga «Milan» himoyachisi nomzodini ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1822

«Milan» klubining markaziy himoyachisi Fikayo Tomori faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sports Boom nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, «Liverpul» rahbariyati 28 yoshli futbolchini shu yilning iyun oyida shartnomasi nihoyasiga etadigan Ibraima Konate o'rniga munosib nomzod sifatida ko'rmoqda. Tomorining o'zi ham Angliyaga qaytishga qarshi emas.
Ma'lumki, Tomori avval ham Angliya Premer-ligasida «Brayton» va «Chelsi» jamoalari safida harakat qilgan. Joriy mavsumda angliyalik futbolchi barcha turnirlar doirasida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262