«Arsenal» vingeri: «Ronaldu men ko'rgan ilk haqiqiy superyulduz edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 831

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Noni Madueke o'zining futbol olamidagi kumiri kim ekanligini ma'lum qildi.
Angliyalik futbolchi Premer-liga doirasida «Manchester Yunayted» safida to'p surgan Krishtianu Ronalduni alohida e'tirof etdi.
«Shubhasiz, bolaligimdagi asosiy kumirim Ronaldu bo'lgan. «MYu» davridagi Krishtianu — bu shunchaki aql bovar qilmas daraja edi. U qo'rquvsiz va hech qanday cheklovlarsiz harakat qilardi — faqat oldinga intilib, ro'parasidan chiqqan barcha raqiblarni mag'lub etardi. Faoliyatining keyingi bosqichlarida esa u gollarni osonlik bilan kirita boshladi. U men ko'rgan ilk haqiqiy superyulduz edi va men unga o'xshashni istardim», — deya Maduekening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline.
Hozirgi vaqtda Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi sharafini himoya qilmoqda. Shu oyning boshida portugaliyalik futbolchi 41 yoshni qarshi oldi.

Bosh sahifaga
256