«Metallurg» bir legioner, bir mahalliy futbolchini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5209

Bekobodning «Metallurg» jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibni mustahkamlash ishlarini izchil davom ettirmoqda. Klub serbiyalik yarim himoyachi Branimir Yochich hamda tajribali himoyachi Asljon Begimqulov bilan shartnoma imzoladi.
31 yoshli Branimir Yochich 1+1 ko'rinishidagi bitim asosida «metallurgchilar» safiga qo'shildi. U faoliyati davomida «Meychjou», «Tekstilas», «Maziya S&RC», «Mladost GAT», «Rudar», «Spartak», «Senta» va «Palich Koming» kabi jamoalarda to'p tepgan. 2025 yil mavsumida Xitoy Superligasi vakili «Meychjou» safida 25 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol va 1 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Himoya chizig'i esa Asljon Begimqulov bilan to'ldirildi. O'tgan mavsumni «Xo'jand» safida o'tkazgan tajribali futbolchi O'zbekistonga qaytib, yangi mavsumda «Metallurg» sharafini himoya qiladi. U faoliyati davomida «So'g'diyona», «Mash'al», «Buxoro», «Xorazm» va «Yangier» jamoalarida o'ynagan. Begimqulov Superligada 123 ta, Pro-Ligada 35 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Bosh sahifaga
246