«Chelsi» Dortmunddan yangi iqtidor topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60

«Chelsi» klubi o'z transfer maqsadlarini yangiladi. Bu haqda Fussball Daten nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, «ko'klar» Dortmundning «Borussiya» jamoasi yarim himoyachisi Feliks Nmechani sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Shuningdek, futbolchiga «Tottenxem» ham da'vogarlik qilmoqda. Londonning ikkala klubi ham mavsum yakuniga qadar xavbekning o'yinlarini kuzatib borishadi.
Joriy mavsumda Feliks Nmecha «Borussiya Dortmund» safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda futbolchi 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257