«Arsenal» Bundesliganing eng samarali hujumchilaridan birini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

«Arsenal» klubi «Shtutgart» hujumchisi Deniz Undavning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, London klubi allaqachon ushbu transfer ustida ish boshlab yuborgan. «Kanonirlar» ustozi Mikel Arteta Undavning o'tishiga shaxsan qiziqmoqda. «Shtutgart» esa munosib va ishonchli taklif bo'lmaguncha, futbolchining ketishiga yo'l qo'ymaydi.
Deniz Undav Bundesligada «Shtutgart» safida jami 85 ta uchrashuv o'tkazgan. Ushbu o'yinlarda hujumchi 41 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Shuningdek, futbolchi hisobida 18 ta golli uzatma mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258