Superliga klublari rahbarlari hibsga olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 596

Istanbul prokuraturasi mamlakat professional ligalarida kelishilgan o'yinlar va noqonuniy bukmekerlik faoliyati bo'yicha olib borilayotgan surishtiruv doirasida 32 nafar gumonlanuvchini qo'lga oldi. Qo'lga olinganlar orasida Superliganing bir nechta klublari — «Geztepe», «Konyaspor», «Alanyaspor», «Antalyaspor», «Kojaelispor», «Genchlerbirligi» va «Sivasspor» rahbarlari bor. Bu haqda Hürriyet Daily News nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Turkiya politsiyasi gumonlanuvchilarni qo'lga olish uchun mamlakatning 10 ta viloyatida reydlar o'tkazgan. Yana bir gumonlanuvchini qidirish ishlari davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Turkiyada bukmekerlik o'yinlarida ishtirok etgani uchun 1000 dan ortiq futbolchi va 149 nafar hakam faoliyatidan chetlashtirilgan edi. Politsiya mazkur holat yuzasidan tergov harakatlarini davom ettirmoqda.

Bosh sahifaga
299