Arbeloa Mourinoga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1141

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Benfika» ustozi Joze Mourinoning fikrlariga javob qaytardi.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi doirasidagi o'yindan (0:1) so'ng Mourino «qaymoqranglilar» hujumchisi Vinisius Junior golni nishonlash orqali raqib muxlislarini provokatsiya qilganini aytgan edi. Ushbu bahsda braziliyalik futbolchi irqchilik haqoratlariga duch kelgandi.
«Nima sodir bo'lganini hamma ko'rdi, barchamiz o'yinni kuzatdik. Bu haqiqatan ham muhim masala va biz bunga ko'z yuma olmaymiz.
Men boshqalarning, xoh u Kompani bo'lsin, xoh Mourino yoki boshqasi, fikriga izoh berishni yoqtirmayman. Har kim o'z fikriga ega bo'lish huquqiga ega va men ham o'z fikrimni aytyapman. Vinisius ajoyib gol urdi va uni yuzlab marta boshqa futbolchilar ijrosida ko'rganimizdek nishonladi. Biz qurbonni provokator sifatida ko'rsata olmaymiz. Takrorlayman: Vinisius qilgan hech bir harakat irqchilikni oqlay olmaydi», — dedi Arbeloa AS nashriga.

Bosh sahifaga
225