Igor Tudor: «Mashg'ulotda 13 kishi qoldik, lekin derbida g'alaba uchun bu etarli»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 461

«Tottenxem»ning yangi tayinlangan bosh murabbiyi Igor Tudor «Arsenal»ga qarshi bo'lajak derbi oldidan jamoadagi kadrlar muammosi haqida gapirdi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, ayni damda «shporlar» ixtiyorida bo'lajak uchrashuv uchun tayyor futbolchilar soni juda kam va bu jiddiy qiyinchiliklar tug'dirmoqda.
«Mashg'ulotimizda bor-yo'g'i 13 nafar futbolchi ishtirok etdi. Vaziyat shunday, buni qabul qilish kerak. Ammo yakshanba kuni kerakli natijaga erishish uchun 13 nafar futbolchi ham etarli. Eng muhim vazifamiz — ijobiy natija qayd etish», — deya Tudorning so'zlarini keltiradi ESPN.
London klubi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 29 ochko bilan 16-o'rinni egallab turibdi.
«Tottenxem» va «Arsenal» o'rtasidagi bahs yakshanba kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Bosh sahifaga
220