«Arsenal»da xushxabar: Etakchilar «Tottenxem»ga qarshi o'yinga qaytishi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 460

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoadagi kadrlar holati haqida to'xtalib o'tdi. Ispaniyalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Martin Edegor va Kay Xavertsning «Tottenxem»ga qarshi Shimoliy London derbisida maydonga tushish imkoniyatlari bor.
«Yakuniy qarorni qabul qilish uchun ertagacha kutishimiz kerak. Ammo Xaverts va Edegorning o'yin qaydnomasiga kiritilgan bo'lish ehtimoli juda yuqori», — dedi Arteta juma kungi matbuot anjumanida.
Shuningdek, Arteta jurnalistlarga «Arsenal» tarkibida yangi jarohat olgan futbolchilar yo'qligini ma'lum qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252