Anri Lamin Yamal haqida: «Uning uzatmalaridan gol urish oson, lekin kim uradi?»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

«Barselona»ning sobiq hujumchisi Terri Anri jamoaning o'yinida muammo bor deb hisoblaydi. Frantsiyalik afsonaning fikricha, kataloniyaliklarga vaziyatlardan foydalanish ko'rsatkichini yaxshilaydigan yuqori darajadagi hujumchi kerak.
«Barselona»ga haqiqiy "to'qqizinchi raqam" kerak. Yuqori saviyadagi hujumchi. Men Osimxen, Xoland yoki Keyn kabilarni nazarda tutyapman. Istiqbolli yoshlar emas, balki o'z isbotini topgan goleadorlar lozim. Jamoada Yamal kabi iqtidor bo'lganda, uning uzatmalaridan gol urish juda oson. Bunday darajada bitta imkoniyatning o'zi kifoya qilishi kerak. Men ular juda ko'p vaziyatlarni ko'kka sovurgan o'yinlarni ko'rdim. «Barselona»da bunday holat bo'lmasligi lozim», — deya Anrining so'zlarini keltiradi Ispaniyaning Sport nashri.
«Barselona» ayni damda La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam «Real»dan ikki ochko ortda qolmoqda.

Bosh sahifaga
246