Xoland «Nyukasl»ga qarshi o'ynaydimi? Gvardiolaning sirli ishorasi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3537

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland «Fulxem»ga qarshi o'yinda noqulaylik sezib, maydonni erta tark etgan edi. Shundan so'ng norvegiyalik futbolchi «Solford Siti» bilan bo'lgan kubok bahsini o'tkazib yubordi. Juma kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida jurnalistlar Xosep Gvardioladan Xolandning «Nyukasl»ga qarshi o'yinga tayyorligi haqida so'rashdi.
BBC xabariga ko'ra, Gvardiola bu savolga og'zaki javob bermagan, faqat bosh irg'ab qo'ygan. Buni Xolandning maydonga tushishga tayyorligi haqidagi tasdiq sifatida qabul qilish mumkin, biroq bu hozircha rasmiy kafolat emas.
«Manchester Siti» va «Nyukasl» o'rtasidagi Premer-liga bahsi 21 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219