Olisening «Bavariya»dagi kelajagi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64

«Bavariya» vingeri Maykl Olise joriy mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda, shu sababli OAV uni tez-tez Premer-liganing top-klublari, xususan, «Liverpul» bilan bog'lamoqda. Biroq Myunxen klubi kelayotgan yozda Oliseni hech qanday holatda sotmoqchi emas. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.
Olisening o'zi uchun «Bavariya»ning bunday qat'iy pozitsiyasi muammo emas — frantsuz futbolchisi Myunxenda baxtli va aynan shu erda o'z faoliyatining cho'qqisiga chiqqanini his qilmoqda.
Maykl Olise 2024 yilning iyul oyida «Kristal Pelas»dan «Bavariya»ga o'tgan edi. O'shandan beri vinger jamoa safida 89 ta o'yin o'tkazib, 33 ta gol va 48 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219