Rasman: Jasur Yaxshiboev — «Lokomotiv» futbolchisi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 479

2021 yilning 28 sentyabr kuni Madridda Tibo Kurtua darvozasiga to'p kiritgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev «Lokomotiv» PFK bilan shartnoma imzoladi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
Endilikda mohir yarim himoyachi «temiryo'lchilar» sharafini himoya qiladi.
Ma'lumot uchun: Jasur Yaxshiboev 1997 yil 24 iyunda Toshkent viloyati, Chinoz tumanida tug'ilgan. Bo'yi — 178 sm, vazni — 71 kg.
Futbolchining faoliyati: Yaxshiboev faoliyati davomida quyidagi klublarda to'p tepgan:
«Paxtakor» (O'zbekiston)
«Navbahor» (O'zbekiston)
«OKMK» (O'zbekiston)
«Ordabasi» (Qozog'iston)
«Shaxtyor» va «Energetik-BGU» (Belarus)
«Sherif» (Moldova)
«Legiya» (Polsha)
«Nassadji» (Eron)

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220