Mourino: «50-daqiqadan keyin diqqatni jamlash qiyinlashib ketdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 502

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourino Chempionlar ligasi doirasida «Real»ga qarshi kechgan o'yinda (0:1) yuz bergan va Madrid klubi vingeri Vinisius ishtirokidagi irqchilik mojarosi fonida o'z fikrlarini bildirdi.
«Har tomonlama qiyin o'yin bo'ldi. 50-daqiqagacha bahs ham jismoniy, ham taktik jihatdan imkoniyatlar chegarasida o'tdi va bunday darajadagi o'yin uchun zarur bo'lgan yuqori kontsentratsiyani talab qildi. Tan olishim kerak, 50-daqiqadan to hozirgi vaqtgacha sodir bo'lgan va sodir bo'lishda davom etayotgan voqealarni hissiy jihatdan engib o'tish oson bo'lmadi. Ammo ertaga bizni muhim o'yin kutmoqda. G'alaba juda zarur. Biz bor e'tiborimizni jamlab, eng yaxshi darajamizni ko'rsatishimiz kerak», — dedi Joze Mourino Portugaliya chempionati doirasidagi AVS klubiga qarshi bahs oldidan.

Bosh sahifaga
219