Oliver Glasner «Kristal Pelas»dan muddatidan oldin ketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

Oliver Glasner yaqin orada «Kristal Pelas»ni yozda, amaldagi shartnomasi muddati tugagach, albatta tark etishi haqida gapirgan edi. Endi esa Glasner ushbu shartnomani oxirigacha etkazib qo'yishiga ham shubha bildirdi.
«Mavsum oxirigacha qolamanmi? Ko'ramiz. Yozgacha qolishni istaymanmi? Kelajak nima olib kelishini ko'ramiz, buni hech qachon oldindan bilib bo'lmaydi. Men mavsumni yakunlab qo'yishni istardim», — dedi Glasner matbuot anjumanida.
«Kristal Pelas» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi o'yinini yakshanba kuni, 22 fevral sanasida o'z maydonida «Vulverxempton»ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252