Pep Gvardiola bo'lajak bahs oldidan jarohatlanganlar haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 453

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida ishtirok etib, jamoadagi kadrlar holati haqida to'xtalib o'tdi. Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, vinger Jeremi Doku hali maydonga tushishga tayyor emas. Ammo boshqa bir vinger — Savio Angliya chempionatining navbatdagi o'yinida jamoasiga yordam berishi mumkin.
Shanba kuni, 21 fevral sanasida «Manchester Siti» o'z maydonida «Nyukasl»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Ayni damda «Manchester Siti» Premer-liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Xosep Gvardiola shogirdlari bitta kam o'yin o'tkazgan holda, peshqadam «Arsenal»dan besh ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245