Messi va Ronaldu emas: Navas eng iqtidorli futbolchi kimligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

Darvozabon Keylor Navas faoliyati davomida ham Lionel Messi, ham Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to'p surgan. Biroq kosta-rikalik posbonda boshqa bir futbolchi — Neymar hammadan ham kuchliroq taassurot qoldirgan.
«Iqtidor jihatidan Neymar meni juda hayratda qoldirgan. U to'p bilan nimani xohlasa, shuni qilardi va buni qaysi oyoqda (o'ng yoki chap) bajarishining ahamiyati yo'q edi. Uni o'yinlarda kuzatganimda, xuddi o'zim farzandlarimga qarshi o'ynayotgandek tuyulardi. Ney — aql bovar qilmas futbolchi», — dedi Navas AS nashriga bergan intervyusida.
34 yoshli Neymar hozirda «Santos» sharafini himoya qilmoqda. Avvalroq braziliyalik hujumchi Evropada «Barselona» va «PSJ» klublarida to'p surgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241