Kerrik «MYu»da qolishni istaydi, lekin...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414

Maykl Kerrik joriy mavsumdan keyin ham «Manchester Yunayted» boshqaruvida qolishni xohlaydimi yoki yo'q — bu haqdagi savolga javob berdi.
«Bu men uchun shunchaki berilgan navbatchi javob emas. Bu ish menga chindan ham yoqadi, qilayotgan ishimni yaxshi ko'raman. Omadim kelgan. Bu lavozimda ekanligimdan faxrlanaman. Gap faqat bu erda ishlay olishimga ishonishimda emas. Buning hissiyotli tomoni ham bor — mas'uliyatni his qilish, klubdagi bosib o'tilgan yo'l va unga bo'lgan muhabbat. Lekin men bu erga yaxshi jamoa tuzish va muvaffaqiyatga erishish uchun kelganman. Bu qancha davom etishini men hal qilmayman, lekin bu erda bo'lish menga zavq bag'ishlaydi. Modomiki shu erda ekanman, bor kuchimni beraman», — deya Kerrikning so'zlarini keltiradi The Touchline.
Dushanba kuni, 23 fevral sanasida «Manchester Yunayted» mehmonda «Everton»ga qarshi maydonga tushadi.

Bosh sahifaga
252