Samir Nasri: «Mourino Vinisiusga aql o'rgatmasin»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26

Frantsiyalik sobiq futbolchi Samir Nasri «Real Madrid» yulduzi Vinisius Juniorning gollarini nishonlash uslubini himoya qilib chiqdi va bu borada Joze Mourinoni tanqid ostiga oldi.
Nasrining ta'kidlashicha, futbolchi maydondagi bosimga qaramay gol ursa, uni istagancha nishonlashi mumkin:
«Vinisiusni hushtaklar bilan qarshi olishadi — u esa ajoyib gol uradi va uni nishonlaydi. Uning bunga to'laqonli haqqi bor».
Shuningdek, Nasri portugaliyalik murabbiyning o'tmishdagi hissiyotlarga boy harakatlarini eslatib o'tdi:
«Mourino g'alabani maydon bo'ylab yugurgan holda nishonlagan, kunlardan bir kun esa golni nishonlayotganda Terri Anri kabi tizzalarida 20 metr masofaga sirpangandi. Kimga va qanday nishonlashni o'rgatish unga emas».

Bosh sahifaga
244