"PSJ"ning Mbappedan qancha qarzi qolgan?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 352

"PSJ" sobiq futbolchisi Kilian Mbappe bilan hisob-kitob qilishda davom etmoqda. The Touchline nashrining AS nashriga tayanib xabar berishicha, parijliklar yana 4 million evro to'laganidan keyin Mbappedan 2 million atrofida qarzdor.
Qayd etilishicha, "PSJ" Mbappening klub sayt sahifalarida to'lovlar haqidagi ma'lumotlarni e'lon qilish majburiyatini yuklovchi sud qarorining bir qismidan voz kechishini istamoqda.
Eslatib o'tamiz, 2024 yilning yozida Kilian Mbappe "PSJ"dan "Real"ga erkin agent sifatida o'tgan edi.
"PSJ" Frantsiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Lans" yigirma ikki turda bir ochko ko'proq to'pladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242