Koutino MLS'ga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 267

33 yoshli mashhur yarim himoyachi Filippe Koutino va Braziliyaning «Vasko da Gama» klubi o'rtasidagi hamkorlik yakuniga etdi. Tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi.
Qayd etilishicha, shartnomani bekor qilish tashabbusi futbolchining o'zidan chiqqan. Koutino klub rahbariyatiga bitimni to'xtatish bo'yicha shaxsiy iltimos bilan chiqqan va yakunda «Vasko da Gama» bunga rozilik bergan.
Hozirda erkin agent maqomida bo'lgan futbolchining vaziyatini AQShning «LA Gelaksi» klubi diqqat bilan kuzatib bormoqda. Los-Anjelesliklar braziliyalik yulduzni o'z tarkibiga jalb etish orqali MLSdagi mavqeini yanada mustahkamlashni ko'zlamoqda.
Bir paytlar «Liverpul», «Barselona» va «Bavariya» kabi grandlar sharafini himoya qilgan Koutino uchun MLS faoliyatini chiroyli yakunlash uchun ajoyib imkoniyat bo'lishi mumkin.

Bosh sahifaga
244