"Barselona" va "Atletiko" "Manchester Siti" yulduzi uchun bahslashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

"Manchester Siti"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar" bilan shartnomasi yaqin yozda yakuniga etadigan 31 yoshli xavbekni "Barselona" va "Atletiko" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Shuningdek, Silvani "Yuventus" va "Monako" ham kuzatib bormoqda, ammo futbolchini La Ligada o'ynash istiqboli ko'proq jalb qilmoqda.
Silva "Manchester Siti" safida 2017 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221