Olmo "Barselona" nega o'z uslubini o'zgartirmasligini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

"Barselona" yarimhimoyachisi Dani Olmo jamoaning xavfli o'yin uslubi haqida fikr bildirdi.
"Biz uslubimizni o'zgartirmaymiz, chunki biz shunday o'ynab, to'rtta chempionlikni qo'lga kiritdik. Biz nimani yaxshilashimiz kerakligini bilamiz. Ba'zida bizga biroz xotirjamlik etishmaydi va raqiblar bizni g'aflatda qoldiradi", - deya Olmoning so'zlarini keltiradi Barça Universal.
Avvalroq "Barselona" "Jirona"ga qarshi derbida mag'lub bo'lgan (1:2) va Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni boy bergandi. "Ko'k-anorranglilar" 26-turdan keyin "Real"dan 2 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231