Jiru klubsiz qolishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

Frantsiyaning "Lill" klubi safida to'p surayotgan 39 yoshli markaziy hujumchi Olive Jiru joriy mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, Liga 1 klubi faxriy bilan hamkorlikni davom ettirishi dargumon. Olivening mehnat shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Jiru "Lill" safiga o'tgan yilning yozida kelib qo'shilgandi. Frantsiya chempionatining joriy mavsumida Olive 20 ta uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol va 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Liga 1ning 22-turidan keyin "Lill" 34 ochko jamg'arib, turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224