Manba: Mbappe Vinisius va Rodrigoning ketishini istamoqda. Kilian ularning o'rniga futbolchi tanlab qo'ygan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 380

Yulduz hujumchi Kilian Mbappe bilvosita «Real»ning transfer rejalariga aralashmoqda. Frantsiyalik futbolchi klub yozda Vinisius Junior va Rodrigodan voz kechishini istamoqda. U o'z pozitsiyasini «qaymoqranglilar» rahbariyatiga allaqachon ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda «El Nacional».
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Mbappe «Real» yuqorida tilga olingan braziliyaliklar o'rniga «Bavariya»dan Maykl Oliseni sotib olishiga umid qilmoqda. Olise Kilianning hamyurti hisoblanadi: ularning ikkalasi ham frantsiyalik.
Avvalroq OAVda Olisening xizmatlariga «Real»dan tashqari «Barselona» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220