«Butsalarimni mixga ilishim mumkin»: Neymardan kutilmagan bayonot
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 430

«Barselona» va «PSJ» sobiq hujumchisi, hozirda Braziliyaning «Santos» klubida to'p surayotgan Neymar futboldagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Meni oldinda nima kutayotganini hali bilmayman. Dekabr oyida butsalarimni mixga ilishimni istisno qilmayman. Men bugungi kun bilan yashayman. 2026 yil men uchun, «Santos» va Braziliya terma jamoasi uchun hal qiluvchi yil bo'ladi», — deya 34 yoshli hujumchining so'zlarini keltiradi Caze TV.
Neymar va «Santos» o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati joriy yilning dekabr oyi oxirida yakuniga etadi. Futbolchining transfer qiymati 10 million evroga baholanmoqda.
Qo'shimcha qilish joizki, 2026 yilning yozida Braziliya terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217