«Manchester Siti»ning yangi himoyachisi Stounzning e'tirofiga sazovor bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362

«Manchester Siti» himoyachisi Jon Stounz jamoadoshi Mark Gexi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«U bilan muloqot qilish juda yoqimli. Shaxsan men Markning ishga bo'lgan professional yondashuvining katta muxlisiman. Biz birgalikda Evro-2024 finaliga qadar etib bordik va bu biz uchun yana bir ajoyib lahzaga aylandi. Evroda u bilan juda yaxshi juftlik hosil qilganimizdan faxrlanaman. U bu erda qancha vaqt qolishidan qat'i nazar, jamoamiz uchun ajoyib xarid bo'ladi», — deya Stounzning so'zlarini keltiradi «City Report».
Eslatib o'tamiz, Gexi qishki transfer oynasida «Kristal Pelas»dan «Manchester Siti»ga o'tgan edi. «Shaharliklar» tarkibida himoyachi beshta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga ulgurdi.

Bosh sahifaga
219