«Barsa» argentinalik himoyachi transferida favorit
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 662

«Barselona» yangi himoyachi bilan shartnoma imzolash niyatida. Kataloniyaliklar o'zlari uchun asosiy maqsadni belgilab olishdi. Ispaniya grandi «Bornmut» a'zosi Markos Senesini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Qayd etilishicha, «ko'k-anorranglilar» futbolchi uchun kurashda favorit bo'lib turibdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda. Avvalroq Senesiga «Chelsi», «Atletiko» va «Yuventus» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi. Himoyachining amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi.
Joriy mavsumda Markos Senesi APLda «Bornmut» safida 25 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda futbolchi o'z hisobiga to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231