Gorettska uchun kurashda 4 ta klub ishtirok etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1184

Avvalroq «Bavariya» Leon Gorettska yozda jamoani tark etishi haqida e'lon qilgan edi. Futbolchining mehnat shartnomasi yakuniga etadi va u boshqa klubga bepul o'tish imkoniyatiga ega bo'ladi.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, ayni damda Gorettskaga to'rtta klub da'vogarlik qilmoqda. «Milan», «Atletiko» va «Galatasaroy» futbolchining holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biroq yarim himoyachi uchun kurashda «Bayer» favorit bo'lib turibdi.
Leverkuzen klubi futbolchiga Bundesligada qolish va yuqori saviyada to'p surishda davom etish imkoniyatini taklif qilmoqda. Qayd etilishicha, Leon Gorettska o'z vatanida qolish imkoniyatini ijobiy baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231