Diego Simeone «Tottenxem» hujumchisini «Atletiko»da ko'rmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47

«Atletiko» «Tottenxem» hujumchisi Risharlisonning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone yozgi transferga allaqachon rozilik bergan. Mutaxassisning fikricha, braziliyalik futbolchi hujum chizig'iga shiddat, harakatchanlik va agressivlik olib kirishi mumkin. Hozirgi vaqtda Risharlison uchun kurashda «Flamengo» favorit bo'lib turibdi.
Joriy mavsumda Risharlison «Tottenxem» safida 31 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda hujumchi sakkizta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214