«Benfika» Valverdening harakati uchun UEFAga shikoyat qildi (Video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55

«Benfika» klubi «Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde ishtirokidagi vaziyat bo'yicha UEFAga shikoyat qildi.
Portugaliya jamoasi Chempionlar ligasi 1/8 finaliga chiqish uchun kechgan dastlabki o'tish o'yinida Ispaniya klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning 82-daqiqasida Valverde raqib himoyachisi Samuel Dalga zarba berdi — futbolchi jag'ini ushlagancha maydonga yiqildi. Urugvaylik futbolchi ushbu vaziyatda jazolanmadi.
«O Jogo» nashri xabariga ko'ra, «Benfika» ushbu vaziyatda Valverdega qizil kartochka ko'rsatilishi kerak edi, deb hisoblamoqda. Klub o'z pozitsiyasini UEFAga etkazgan. Uchrashuvni bosh hakam Fransua Letekse boshqarib borgan edi.
Agressão de Valverde a Dahl, e nem falta foi. pic.twitter.com/O0pAmjuPlb
— Antonio Cunha (@AntonioCunha79) February 17, 2026
Bosh sahifaga
250